Yangi uy xaridida nimalarga e’tibor qaratish kerak? “Nur hayot” uylari misolida
Bugungi kunda Toshkentda qurilish kompaniyalari bilan bog‘liq muammolar ko‘payib bormoqda. Odamlar o‘zlariga ishonch bilan sotib olgan uylarining o‘z vaqtida qurib topshirilmasligi va sifatsizligi sababli muammolarga duch kelmoqda. Bu esa aholining qurilish sohasiga bo‘lgan ishonchini ancha tushirgan. Qurilish sektorining yanada rivojlanishi va aholi manfaatlarini himoya qilish uchun ushbu muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
Xo‘sh, uy olishda nimaga e’tibor berish kerak? Toshkentdagi “Nur hayot” qurilish kompaniyasi uylari misolida buni ko‘rib chiqish mumkin.
Uy uchun pul to‘lashdan avval tekshiriladigan hujjatlar: qurilish yer maydonini ajratish bo‘yicha hokim qarori yoxud auksion yoki tenderda yutib olingani haqida hujjat bo‘lishi lozim. Qurilishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatlar, ya’ni shaharsozlik Kengashining xulosasi, ekspertizadan o‘tkazilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi (GASN)ning ruxsatnomasi olingan bo‘lishi shart. Agar olayotgan uyingiz 12 qavatdan ko‘p qavatli bo‘lsa, unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Zilzilabardoshlik institutining ijobiy ekspertiza xulosasi ham bo‘lishi kerak.
“Nur hayot” uylari qurilishi boshlanishidan oldin ushbu hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan, ekspert tekshiruvlari o‘tkazilgan. Kompaniya uylari gazoblokdan quriladi, issiqlik izolyatsiyasi bilan ta’minlanadi, ta’mirlangan, yashash holatiga tayyor holatda, ya’ni:
-8 sm sifatli eshik-romlar;
-24/7 rejimida qo‘riqlash xizmati;
-sifatli santexnika jihozlari;
-ishonchli isitish tizimi;
-xavfsiz liftlar;
-yashil hudud;
-uzluksiz suv va energiya ta’minoti bilan topshiriladi.
Albatta, sifat va kafolatning narxi arzon turmaydi, ammo kompaniya o‘z mijozlari uchun hamyonbop narxlarni taqdim etadi. Tayyor holatdagi xonadonlarning o‘rtacha narxi qaysi qavatda joylashganiga qarab 1 kvadrat metrini 11 500 000 so‘mdan 13 000 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin. Shuningdek, muntazam chegirmalar va bonuslar bilan xaridorlarga imkoniyatlar yaratiladi.
Hududda 29 ta obektda 2314 ta xonadon barpo etilmoqda, majmuaning 1-qavatidan do‘kon xarid qilgan tadbirkorlarga uning pastki qavati ham bonus sifatida qo‘shib beriladi.
📞 Murojaat uchun: +998781475050
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website
Reklama huquqi asosida