Tenge Bank’dan Tenge24 mobil ilovasida Uzcard PIN-kodini o‘zgartirish: Kundalik hayotni o‘zgartiradigan innovatsiyalar
Tenge Bank Tenge24 ilovasi foydalanuvchilariga Uzcard kartalari PIN-kodini o‘zgartirish bo‘yicha innovatsion funksiyani taqdim etdi. PIN-kodni o‘zgartirish kabi oddiy, ammo muhim funksiyani bir necha daqiqa ichida uydan chiqmasdan, bankomat yoki bankka tashrif buyurishga vaqt sarflamasdan bajarish mumkin.

Foto: Tenge Bank
Tenge24 ilovasida PIN-kodni o‘zgartirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lib bir necha daqiqa davom etadi:
• Tenge24 ilovasini oching va Uzcard kartasini tanlang;
• “Boshqa xizmatlar” bo‘limiga o‘ting va “ PIN-kodni o‘zgartirish” bandini tanlang;
• Eski PIN-kodni kiriting, yangi PIN-kodni esa ikki marta kiritish orqali tasdiqlang.
Bu oddiy jarayon kartani boshqarishni yanada yengillashtiradi va eng asosiysi u barcha ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydigan zamonaviy shifrlash texnologiyalari bilan to‘liq himoyalangan.
“Biz har doim foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga va mijozlarimiz uchun innovatsion yechimlarni taqdim etishga intilamiz. Tenge24 ilovasi orqali PIN-kodni o‘zgartirish funksiyasining joriy etilishi foydalanuvchilarimizning qulayligi va xavfsizligini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir. Ishonchimiz komilki, bu yangilik mijozlarimizga o‘z kartalarini oson boshqarish, vaqt va kuchni tejash imkonini beradi”, — deb ta’kidladi Tenge Bank Boshqaruvchi Direktori, Boshqaruv a’zosi Madina Yusupova.
Tenge Bank kartalar va moliyaviy xizmatlar bilan ishlashni osonlashtiradigan va xavfsizlashtiradigan, bank bilan o‘zaro aloqani esa yanada oson va ishonchli qiladigan yangi xususiyatlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, Tenge24 bilan Sizning moliyaviy operatsiyalaringiz doimo nazorat ostida.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) shu’ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri sifatida keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.
Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi
Tenge24 ilovasi – http://rebrand.ly/24TNG
E-mail: info@tengebank.uz
Sahifa | Facebook | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 23.05.2025
Tenge Bank Navoiy shahrida yangi bank xizmatlari markazini ochdi

14:55 / 12.02.2025
Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

19:00 / 26.12.2024
Tenge Bank tomonidan katta sovrinlar o‘yini: biz bilan orzuingizni ro‘yobga chiqaring!

19:00 / 26.11.2024