Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Bashar Asadning ukasiga tegishli yer osti tunnellari topildi
Mohir Asadga tegishli ushbu qarorgohdan ofis va dam olish maskani sifatida foydalanilgan.

Foto: Anadolu Agency
Suriya poytaxti Damashqda hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchi Bashar Asadning ukasi Mohir Asadning yozgi qarorgohi ostidan seyflar va zirhli xonalar joylashgan tunnellar topildi, deb xabar berdi Anadolu.
Mohir Asad Suriya armiyasining elita bo‘linmasi bo‘lgan 4-zirhli diviziya qo‘mondoni edi. Uning yozgi qarorgohi Damashq-Bayrut avtomagistrali yaqinida, poytaxtga qaragan tepalikda joylashgan. Uch qavatli bino baland devorlar bilan o‘ralgan va keng hovlida vertolyot maydonchasi bor.
Turar joyning birinchi qavatida avtoturargoh va konferensiya zali, yerto‘lada esa tunnellar tarmog‘iga olib boradigan zirhli eshik bor.
Eshikni ochib, 22 ta zinapoyadan pastga tushilsa, dam olish xonasiga kirish mumkin. Yana 130 ta zinapoyadan tushgandan so‘ng tunnellar tarmog‘iga kirish mumkin. E’tiborlisi, elektr simlari, ventilyatsiya, yotoq xonalari, oshxona va hammom bilan jihozlangan tunnellar zirhli eshiklar bilan himoyalangan. Asosiy tunneldagi ba’zi xonalarda bo‘sh seyflar va hashamatli soatlar qo‘yiladigan javonlar topilgan. Tunnellarda hali ochilmagan ikkita zirhli eshik bor, uning ortida nima borligi hali noma’lum.
Taxminan 3 kilometr uzunlikdagi tunnellarning bir tarmog‘i ag‘darilgan tuzum armiyasining 4-zirhli diviziyasi umumiy shtabiga olib boradi. Suriya-Livan avtomagistrali yo‘nalishida tunnellarga transport vositalarining kirish joyi ham ko‘rinadi.
Qarorgohdagi qo‘riqchilardan biri Fayz Muhammad so‘zlariga ko‘ra, Mohir Asad qarorgohdan ofis va dam olish maskani sifatida foydalangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
Mavzuga oid

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

11:07 / 05.07.2025