Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 20 martdan Temu platformasidan foydalanish cheklanadi
Soliq qo‘mitasi fuqarolardan bugungi kundan boshlab Temu platformasi orqali buyurtma bermaslikni tavsiya qilyapti. Agar buyurtma oldinroq amalga oshirilgan bo‘lsa, to‘lovni qaytarishni tashkil etish mumkin.

O‘zbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq 20 martdan boshlab Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
«Mamlakatimiz fuqarolariga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini o‘rganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025 yil 20 martdan boshlab xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi», deyiladi xabarda.
Qo‘mita tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida bugungi kundan boshlab Temu platformasida buyurtma bermasliklarini so‘radi.
«Agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi», deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qo‘mitasi fuqarolarni O‘zbekistonda o‘z faoliyatini mahalliylashtirmagan yoki mamlakatda Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar va marketpleyslar ro‘yxatiga kirmagan xorijiy elektron savdo platformalari xizmatlaridan foydalanmaslikka, ehtiyot choralarini ko‘rishga, shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni bunday sub’yektlarga bermaslikka chaqirdi.
Bugungacha qator davlatlar TEMU faoliyatini cheklagan yoki bloklagan. Masalan, marketpleys Indoneziya va Vetnamda bloklangan. Turkiyada u orqali kiradigan mahsulotlarga 60% bojxona yig‘imi joriy qilgan. Marketpleys faoliyatiga cheklovlar Yevropa Ittifoqi va AQShda faol muhokama qilinmoqda.
Avvalroq Temu marketpleysi mamlakatda faoliyatini qonuniylashtirishmagani va rezident yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

19:31 / 15.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi

18:37 / 12.07.2025
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti

20:17 / 02.07.2025
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi

17:54 / 20.05.2025