Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havas Holding Pokiston kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi
Shu yilning 25-26 fevral kunlari Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Pokistonlik delegatsiyaning tashrifi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif hamda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Foto: Havas Holding
Biznes-forum davomida Havas Holding vakillari Pokistonning agrosanoat tarmog‘idagi yirik kompaniyalari bilan umumiy qiymati 30 mln dollarlik shartnomalarni tuzishga erishdilar.
Xususan, Sohail Hatoon Corporation kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 20 mln dollarlik eksport-import shartnomasi imzolandi.
Sohail Hatoon Corporation (SHC) – Pokiston qishloq xo‘jaligi kompaniyasi bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlariga meva va sabzavotlarni ulgurji shaklda sotish va eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda kompaniya mahsulotlari AQSh, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tayland, Yaqin Sharq va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga yetkazib beriladi. Sohail Hatoon Corporation mahsulotlari Tesco, Aldi, Hyperstar, Carrefour va boshqa yirik xalqaro tarmoqlarda sotiladi.
Havas Holding vakillari Yaqoot & Sons kompaniyasi bilan 10 million AQSh dollari miqdoridagi shartnomani imzoladilar.
Yaqoot & Sons Pokistondagi eng yaxshi guruch navlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan. Kompaniya Panjobning eng unumdor tumanlaridan birida o‘z ekin maydonlariga ega.
Havas Holding va Yaqoot & Sons o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston oziq-ovqat bozorini sifatli va arzon guruch mahsulotlari bilan ta’minlashda yangi istiqbollarga zamin yaratadi.
Havas Holding haqida
Havas Holding – 2018 yilda tadbirkor Fatxulla Sadikov tomonidan asos solingan ko‘p tarmoqli kompaniyalar guruhi. Hozirda guruh korxonalari chakana savdo, development, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va FMCG-tovarlar distributsiyasi bilan shug‘ullanib keladi. Havas Holding korxonalarida 4000 ga yaqin kishi mehnat qiladi.
Havas Holding xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib, O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining global bozorlarga integratsiyalashuviga hissa qo‘shishda davom etmoqda.
Sayt: havasholding.uz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

11:00 / 04.06.2025
Havas Holding Yevropa kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

19:12 / 20.03.2025
Havas Holding Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

09:00 / 07.03.2025
Havas diskaunterlari tarmog‘i faoliyatining 6 yilligini nishonlamoqda

14:00 / 19.02.2025