Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi
Belarusda mahalliy kartoshka narxi 2025 yilning dastlabki ikki oyida 10 foizga qimmatlashgan. Aleksandr Lukashenko kartoshka narxining bunday o‘zgarayotganidan noroziligini bildirdi.

Foto: TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mahalliy kartoshka narxi 2025 yilning dastlabki ikki oyida 10 foizga qimmatlashganidan norozi. U narxlarni tartibga keltirish va bunga aloqador barchani «haydash»ni talab qildi.
«Bu rahbarlarning hammasini haydash kerak. Yetarli miqdorda kartoshka yetishtira olmaymiz. Kartoshka narxi ikki oyda 10 foizga qimmatlashdi. Nima biz kerakli miqdorda kartoshka yetishtirib, yerto‘lada saqlab, keyin aholiga sota olmaymizmi?» — deydi Belarus prezidenti narxlarni tartibga keltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Aleksandr Lukashenko nahotki kartoshka yetishtirishdan ko‘ra, uni import qilish arzonga tushayotgani to‘g‘risidagi savolni o‘rtaga tashladi. «Shundaymi? Bu tartibsizlik! Bu qanaqa tartibga solish, korrupsiya bu», — deya ta’kidlaydi Belarus prezidenti.
Belstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida mamlakatda kartoshka narxi 31,2 foizga qimmatlashgan. Hozirda Belarus do‘konlarida kartoshka narxi 60 Rossiya rubli atrofida (8600 so‘m). O‘tgan yilning dekabrida Belarus hukumati kartoshka eksportiga vaqtincha litsenziya tartibini joriy etgandi. Ushbu chora mavsumlararo davrda ichki bozorda yetarli miqdorda mahsulot bo‘lishini ta’minlashi kerak edi.
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025