Sport | 08:59 / 28.02.2025
3002
4 daqiqa o‘qiladi

“APEX INSURANCE” AJ dzyudoni qo‘llab-quvvatlashni davom etmoqda

Foto: APEX INSURANCE

“APEX INSURANCE” O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan strategik hamkorlikni davom ettirishini e’lon qildi. Kompaniya 28 fevraldan 2 martgacha “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladigan “Tashkent Grand Slam-2025” yirik xalqaro turnirining rasmiy homiysi sifatida ishtirok etadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) taqvimidan o‘rin olgan nufuzli musobaqa O‘zbekistonning jahon sport maydonidagi mavqeyini yanada mustahkamlab, “APEX INSURANCE”ning dzyudoni rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli sa’y-harakatlarini namoyon qiladi.

“APEX INSURANCE” boshqaruv raisi Jahongir Yunusov shunday ta’kidlaydi:

“Dzyudo - intizom, hurmat va mukammallikka intilish tamoyillariga asoslangan sport turidir. Bu qadriyatlar esa kompaniyamiz falsafasi bilan hamohang sanaladi. Biz sportni rivojlantirishni tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz. Ayniqsa dzyudoga, xususan, ayollar o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Turnirda ayollar kimonosidagi “APEX INSURANCE” logotipi xotin-qizlarning professional sportda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga va o‘rnini mustahkamlashga bo‘lgan sodiqligimizni ifodalaydi”.

“APEX INSURANCE” O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlashda baholi qudrat hissa qo‘shdi. Olimpiadada dzyudochilar bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Xususan, Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bugungi kunda u “APEX INSURANCE”ning brend-ambassadori hisoblanadi.

“Dzyudo shunchaki sport emas, balki kuch, chaqqonlik va iroda uyg‘unligidir. Hayotda ham xuddi tatamidagidek ishonchli tayanch muhim. Sug‘urta esa bu ishonchni bera oladi. “APEX INSURANCE” brendi bilan hamkorlik men uchun nafaqat sug‘urta mahsulotlarini faol targ‘ib etish, balki insonlarga haqiqiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni ham anglatadi. Men yoshlarimizga o‘zini va kelajagini himoya qilish nima uchun muhimligini tushuntirishda mamnuniyat bilan yordam beraman. Shuningdek, yosh sportchilarni ruhlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyaning ijtimoiy loyihalarida qatnashaman”, dedi Diyora.

Dzyudoni qo‘llab-quvvatlash “APEX INSURANCE”ning mamlakatda sportni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlik va nufuzli “Tashkent Grand Slam-2025” turnirini tashkil etishda ishtirok etish, yosh sportchilarning kamol topishi uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ularga nafaqat tatamida, balki undan tashqarida ham o‘z salohiyatini namoyon etishga yordam beradi.

Batafsil ma’lumot uchun: 1188

Manzil: Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 77.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid