Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonanda Shahriyor giyohvand modda bilan qo‘lga olingani rad etildi
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov «Sharq» YPX maskanida gumonlanuvchi shaxs sifatida qo‘lga olingan fuqaro «xonanda Shahriyor» ekanligini rad etdi.

Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilganligi hamda qonuniy chora ko‘rish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
«Sharq YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari tomonidan Onix rusumli transport vositasi to‘xtatilib haydovchi bilan suhbat jarayonida avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan shaxs o‘zining harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otdi. Xolislar ishtirokida ushbu shaxs tekshirilganda kiyimlari orasiga yashirib olgan giyohvandlik moddasi aniqlandi va tegishli tartibda Bektemir tumani IIO FMBga olib borib topshirildi» — deyiladi xabarda.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, OAVlarda gumonlanuvchi shaxs aynan «xonanda Shahriyor» ekanligi haqidagi axborotlar haqiqatdan yiroq.
«Bu kabi xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasida belgilangan Aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunining 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikdan surishtiruv va tergovga oid axborotni tarqatishlarida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

11:56 / 23.06.2025
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

14:15 / 09.04.2025