Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiv Uitkoff: AQSh va Kiyev tez orada resurslar bo‘yicha kelishuvni imzolaydi
Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQSh moliya vaziri Skott Bessent Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqin orada resurslar bo‘yicha kelishuv imzolashiga ishonch bildirdi.

Stiv Uitkoff Foto: AP / Evan Vucci
AQShga Ukrainaning mineral resurslariga, jumladan, nodir metallariga kirish huquqini beruvchi bitim shu hafta ichida imzolanadi. Bu taxminni 23 fevral, yakshanba kuni CNN telekanalida AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bildirdi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Tramp va Uitkoff o‘rtasida shaxsiy, ishonchli munosabatlar mavjud. Nashr eslatishicha, bir necha hafta oldin Tramp Uitkoffning vakolatini Yaqin Sharq tinchlik jarayoni doirasidan tashqariga yashirincha kengaytirdi va iste’fodagi general Kit Kellog uning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlanganiga qaramay, unga Rossiya rahbariyati bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar kanalini ochishni topshirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23 fevral kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina rahbarining Vashington bilan kelishuvni dastlab ishlab chiqilganidek qabul qilishdan bosh tortganiga ishora qilib, «bir hafta oldin bu boradagi qaror bo‘yicha ikkilanib yurganini» bildirdi. «AQSh prezidenti Donald Tramp unga xabar yubordi. U endi ikkilanmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Stiv Uitkoff.
O‘z navbatida, AQSh moliya vaziri Skott Bessent 23 fevral kuni Fox New telekanaliga bergan intervyusida: «Men Zelenskiy minerallar bo‘yicha bitim imzolashini kutyapman», dedi.
Zelenskiy AQSh bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida
Zelenskiyning o‘zi ham shu kuni Vashington-Kiyev tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuvi yuzasidan muzokaralar olg‘a surilayotganini aytdi. «Hammasi yaxshi», — deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti resurslar kelishuvi xavfsizlik kafolatlari kontekstida ko‘rib chiqilsa, o‘z mamlakatiga AQSh qo‘shinlarining kiritilishini mantiqiy qadam deb bilishini ta’kidladi.
Bir kun avval Sky News telekanali anonim ukrainalik manbaga tayanib, Kiyev nuqtayi nazaridan, Ukrainaning mineral resurslari bo‘yicha AQSh tomonidan taklif etilgan kelishuv «qator muammoli masalalarni o‘z ichiga olganini» xabar qildi. Xususan, unda «Ukrainaning faqat bir tomonlama majburiyatlari» mavjud, shuning uchun Volodimir Zelenskiy ushbu bosqichda bu hujjatni imzolashga tayyor emas, dedi manba.
Ayni paytda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts 21 fevral kuni Merilend shtatidagi chiqishi chog‘ida shunday dedi: «Bu xulosa. Prezident Zelenskiy bu bitimni imzolaydi va buni tez orada ko‘rasiz».
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

11:14 / 26.07.2025
Kiyevdagi namoyishlarning 4-kuni: aksiyalar ko‘lami kamaymoqda

13:05 / 21.07.2025
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi – fotosuratlar

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:17 / 28.06.2025