Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur banki sun’iy intellekt joriy etilishi fonida 4 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
Bunga sun’iy intellekt texnologiyasi oldinlari insonlar tomonidan bajarilgan vazifalarni tobora yaxshiroq uddalay boshlayotgani sabab bo‘lmoqda.

Foto: Reuters
Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik banklardan biri hisoblangan DBS Group Holdings Ltd. uch yil davomida 4 ming xodimini ishdan bo‘shatadi. Bunga sun’iy intellekt texnologiyasi oldinlari insonlar tomonidan bajarilgan vazifalarni tobora yaxshiroq uddalayotgani sabab bo‘lmoqda.
Bankning bosh ijrochi direktori Piyush Gupta ushbu rejani Press Trust of India nashriga tasdiqlagan. Uning ta’kidlashicha, vaqtinchalik xodimlar va shartnoma bo‘yicha ishchilar ishdan bo‘shatiladi, qisqartirishlar doimiy xodimlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qayd etilishicha, DBS bankining shtati salkam 41 ming kishini tashkil etadi.
Bloomberg Intelligence’ning yozishicha, yaqin 3-5 yil ichida dunyo banklari sun’iy intellektning joriy etilishi sabab 200 minggacha ish o‘rinlarini qisqartirishi mumkin. Shu bilan birga, JPMorgan Chase’da sun’iy intellektga mas’ul bo‘lgan Tereze Xaytsenreterning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ushbu texnologiyaning joriy etilishi evaziga bank shtatlari faqat kengaytirilmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreya shaharlari sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga tobora ko‘proq e’tibor qaratayotgani, mamlakatning turli joylarida ixtisoslashtirilgan ta’lim markazlari va yangi o‘quv dasturlari ochilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
2024 yil yanvar oyida Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi oldidan Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalari ilg‘or mamlakatlardagi ish o‘rinlarining 60 foiziga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

09:36
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi

23:22 / 07.08.2025
OpenAI yangi, yanada kuchli GPT-5 sun’iy intellekt modelini taqdim qildi

14:06 / 02.08.2025
Yevroittifoqda sun’iy intellekt shaffofligi talablari kuchga kirdi

18:30 / 27.07.2025