Germaniyadagi parlament saylovlari: kansler Olaf Shols mag‘lubiyatini tan oldi, Mers esa tezda hukumat tuzishini aytdi
Germaniyada parlament (bundestag) saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ekzit-pol XDI/XSI konservativ bloki g‘alabasini ko‘rsatmoqda. Ushbu blokdan nomzod Fridrix Mers qisqa muddatda hukumatni shakllantirishni talab qildi.

Foto: Reuters
Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) konservativ blokidan Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mers qisqa muddatda hukumatni shakllantirishni talab qildi. Bu boradagi bayonotni u 23 fevral kuni bundestag saylovlarining dastlabki norasmiy natijalari e’lon qilganidan keyin bildirdi.
Ekzit-polga ko‘ra, XDI/XSI saylovchilarning 29 foiz ovozini to‘plagan. «Germaniya uchun muqobil» ultrao‘ng partiyasi 19,6 foiz ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi — 16 foiz, «Ittifoq-90»/«Yashillar» esa 13,3 foiz ovoz to‘plagan. So‘llar partiyasida esa ushbu ko‘rsatkich 8,6 foizni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi. «Bu —Sotsial-demokratlar partiyasi uchun saylovning achchiq natijasi. Saylov natijalari uchun men ham mas’ulman», — dedi Shols. U Mers va XDI/XSIni parlament saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi. «Biz demokratik mamlakatda yashayapmiz», — deydi Shols raqibining g‘alabasiga shama qilib. Shu bilan birga, u Germaniyada qariyb 20 foiz saylovchi ultrao‘ng «Germaniya uchun muqobil» partiyasiga ovoz berganini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
23 fevral kuni Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatda 59,2 million saylovchi bor, ularning 24,9 millioni (42 foiz) — 60 yoshdan kattalar. Saylovchilarning 2,3 millionga yaqini esa (3,9 foiz) 18 yoshga to‘lgan va federal saylovlarda ilk bor ovoz berayotgan yoshlardir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oxirlarida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer mamlakat parlamentini (bundestag) tarqatib yuborib, 2025 yil 23 fevral kuni muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini belgilagandi. «Hozirgidek murakkab davrda barqarorlikni ta’minlash uchun salohiyatli hukumat va parlamentda ishonchli ko‘pchilik talab etiladi», — degandi u.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
-
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
O‘zbekiston | 19:35
-
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?
O‘zbekiston | 19:26
Mavzuga oid

14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi

22:38 / 30.03.2025