O‘zbekiston | 14:51 / 23.02.2025
10112
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

●    2019/2020 o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;

●    2020/2021 o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;

●    2021/2022 o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;

●    2022/2023 o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;

●    2023/2024 o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;

●    2024/2025 o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.

Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.

Mavzuga oid