Yo‘llarda drift qilish, yo‘laklarni «shaxmat» kabi almashtirish – «prava»dan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga «yo‘l bezoriligi» haqida yangi 128-10-modda qo‘shildi. Unda transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan to‘sqinlik qilish holatlari uchun javobgarlik belgilangan. Ushbu norma 21 fevraldan kuchga kirdi.

Illyustrativ foto
20 fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur qonun bilan MjtKga «Yo‘l bezoriligi» deb nomlangan yangi 128-10-modda qo‘shildi.
Unga ko‘ra, yo‘l bezoriligi, ya’ni:
- transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan to‘sqinlik qilishi;
- harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift);
- o‘z yo‘nalishida harakatlanish bo‘lagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz o‘zgartirishi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno);
- yoki yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi
- transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yildan 2 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMning yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SSSRning so‘nggi rahbari: siyosatni odob-axloq bilan bog‘lagan Gorbachyov
Jahon | 17:20
-
O‘zbekiston TIV Eron–Isroil mojarosi haqida fikr bildirishda tavsiyalar berdi
O‘zbekiston | 17:13
-
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda
O‘zbekiston | 16:36
-
Toshkent viloyati ekoturizm salohiyatini rivojlantirishda Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 15:47
Mavzuga oid

23:20 / 16.06.2025
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

17:15 / 05.03.2025
Fuqarolarni mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga olganlar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin

16:42 / 25.02.2025