«Uning qatnashishi juda muhim emas» - Tramp Zelenskiyning urushni to‘xtatishga oid muzokaralardagi ishtiroki haqida
AQSh prezidenti Zelenskiyni shu paytgacha «muzokaralarni yomon olib borgan»likda aybladi. Trampning ta’kidlashicha, urushni to‘xtatish muzokaralarida Ukraina prezidentining ishtirok etishi shart emas.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya—Ukraina urushini to‘xtatish muzokaralarida Volodimir Zelenskiy ishtirok etishi shart emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Fox News Radio’ga bergan intervyusida ta’kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti so‘nggi uch yilda «uchrashuvlarda bo‘lgan» va hamon mojaroga barham bera olmagan.
«To‘g‘risini aytsam, uchrashuvlarda uning qatnashishi juda muhim emas. Zelenskiy uni Saudiya Arabistonidagi uchrashuvga taklif etishmaganini aytgandi… Bu ustuvor bo‘lmaganini nazarda tutmoqdaman, chunki u shu paytgacha muzokaralarni yomon olib bordi», — deydi Tramp.
Shuningdek, uning aytishicha, AQShning oldingi prezidenti Jo Bayden va Zelenskiy urushning oldini olishlari mumkin edi.
«Har safar «Bu Rossiyaning aybi emas», desam meni feyk yangiliklar uchun tanqid qilishadi, ammo shuni aytamanki, Bayden noto‘g‘ri narsalarni gapirdi, Zelenskiy noto‘g‘ri narsalar haqida gapirib keldi, ularga ancha kuchli va kattaroq tomon hujum qildi. Biroq Rossiyani bundan osonlikcha qaytarish mumkin edi», — deydi Tramp.
AR-Riyodda o‘tkazilgan Rossiya—Amerika muzokaralaridan keyin Donald Tramp Zelenskiyni keskin tanqid qilmoqda. AQSh prezidentining ma’lum qilishicha, ukrainaliklar orasida Zelenskiyning reytingi pasayib ketgan, shuningdek, Tramp uni «diktator» deb atadi va Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi.
Politico’ning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga nisbatan ochiqchasiga keskin fikr bildirishi Vashington Rossiya tomon burilishi bilan bog‘liq emas, balki konlar bo‘yicha kelishuv tuzish uchun Kiyevga bosim o‘tkazish usulidir.
Mavzuga oid

00:19
Zelenskiy Oval kabinetdagi tortishuv uchun Trampdan kechirim so‘radi - AQSh prezidentining maxsus vakili

21:10 / 10.03.2025
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

01:10 / 10.03.2025