Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Kesh Patelni Federal tergov byurosi direktorligiga tasdiqladi
Senatorlarning 51 nafari Patelning tayinlanishini yoqlab ovoz berdi - odatda ushbu lavozimga nomzodlar 90 tadan ortiq ovoz to‘playdi.

Foto: Getty Images
AQSh Senati Kesh Patel nomzodini Federal tergov byurosi rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb xabar beradi The Washington Post.
Patelning tayinlanishiga 51 nafar senator ovoz bergan, 49 nafari esa qarshi chiqqan. WP’ning qayd etishicha, bu juda past ko‘rsatkich: odatda byuro direktori lavozimiga nomzod ham demokratlar, ham respublikachilar qo‘llab-quvvatlovini oladi. FTBning oldingi uchta direktorining har biriga senatorlarning kamida 92 nafari ovoz bergan.
44 yoshli Patel — hindistonlik immigrantlarning o‘g‘li. Donald Trampning birinchi ma’muriyati davrida u milliy razvedka direktorining maslahatchisi va Pentagon rahbarining shtabi boshlig‘i bo‘lgan.
FTB rahbari lavozimida Patel 2017 yildan beri byuroga direktorlik qilib kelayotgan Kristofer Reyning o‘rnini egallaydi.
Patel — Donald Tramp g‘oyalarining sodiq tarafdorlaridan. Uning birinchi prezidentligi davrida FTBning razvedka ma’lumotlarini to‘plashdagi vakolatlarini cheklash va Trampning kun tartibini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga chaqirgan.
The Washington Post nashri fevral boshlarida Patel 2024 yilda Los-Anjyelesdagi kompaniyadan 25 ming dollar olgani haqida yozgandi. Ushbu kompaniyaga Igor Lopatyonok — Rossiya va Amerika fuqaroligiga ega ukrainalik rejissyor rahbarlik qiladi. Nashrga ko‘ra, Lopatyonokning oldingi loyihalari orasida RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan yaratilgan fond mablag‘lari ajratilgan rossiyaparast ta’sir kampaniyasi ham bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
-
Dehqonobod kaliy zavodi yopiq tarzda xususiylashtirildi
Iqtisodiyot | 20:24
-
Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Ramzon Qodirov oilasi 150 ga yaqin orden oldi
Jahon | 20:12
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
Mavzuga oid

14:25 / 31.07.2025
FTB: Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi maxfiy hujjatlar topildi

22:17 / 21.03.2025
Federal tergov byurosi ichki terrorizmga qarshi kurash bo‘limini qisqartirmoqda

18:01 / 07.02.2025
Tramp qaytgach FTB ishida «xaos» boshlandi – OAV

15:09 / 01.02.2025