Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqlikni yaxshi saqlash uchun ko‘p qavatli uylarni izolyatsiyalash choralari ko‘paytiriladi
Shuningdek, yirik sanoat korxonalarida mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketadigan energiya me’yori belgilanadi. Prezident huzurida energiyani tejash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda 28 yanvarda elektr energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi.
Qayd qilinishicha, 2035 yilga borib, elektr iste’moli hozirgidan 1,7 barobar oshishi hisob-kitob qilingan. Bu talabni to‘liq qondirish uchun faqat ishlab chiqarish emas, tejamkorlik ham zarur.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 barobar ko‘p energiya sarflanyapti. Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 14 foiz, tabiiy gazda esa 7 foizdan yuqori. Shu bois olimlar jalb qilinib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Hozirgacha 7 ta viloyatda 4,6 milliard kilovatt-soat elektr va 1 milliard kub metr gazni iqtisod qilish imkoniyatlari aniqlangan.
Taqdimotda shu kabi o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.
Misol uchun, suv xo‘jaligidagi eski nasoslarni zamonaviysiga almashtirib, yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektrni tejash mumkin. Ijtimoiy muassasalarda qozonxonalarni yangilash, “yashil” energiyadan foydalanish orqali bu yil 5 million kub metr gaz, 15 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilsa bo‘ladi. Umuman, bu yil 1,6 milliard kub metr gaz va 3,5 milliard kilovatt-soat elektrni tejash mo‘ljallangan. Buning uchun har bir korxona va tashkilotga ilmiy asoslangan chora-tadbirlar yetkaziladi.
Jumladan, yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot birligi ishlab chiqarishga ketadigan energiya me’yori belgilanadi. Shuning o‘zidan energiya sarfi 5-10 foiz qisqartiradi. Ijtimoiy obektlarda energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.
Ko‘p qavatli uylarda issiqlikni yaxshi saqlash uchun ularni izolyatsiyalash kengaytiriladi. Xonadonlarda geliokollektor va quyosh paneli o‘rnatishga arzon kreditlar beriladi. Iste’molchilar Yaponiya tajribasi asosida energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi.
Davlat rahbari iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joylarda tejamkorlik muhimligini ta’kidladi. Hudud va tarmoqlar kesimida energiya isrofini kamaytirish, talon-torojliklarning oldini olish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
-
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?
Jamiyat | 14:34
-
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda
Jahon | 14:32
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
Mavzuga oid

14:03
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

21:15 / 08.07.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

17:38 / 08.07.2025