Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Soliq boshqarmasi 15 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
Bu kabi qaror Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti vakili boshqarma shtab-kvartirasiga tashrif buyurganidan keyin qabul qilingan. Qisqartirishlar sinov muddatidagi xodimlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: AP
AQSh Soliq boshqarmasi (IRS) minglab xodimlarini ishdan bo‘shatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Associated Press. Tegishli qaror Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) xodimining tashrifidan keyin darhol qabul qilingan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap hali to‘laqonli mehnat shartnomasini imzolashga ulgurmagan sinov muddatidagi xodimlar haqida ketmoqda. Ular bilan mehnat shartnomasi joriy haftada buzilishi kutilyapti.
Oq uy ham, Soliq boshqarmasi ham mazkur ma’lumotga izoh bermagan. ABC News manbalarining ta’kidlashicha, IRS’ning sinov muddatidagi 15 mingga yaqin xodimi ishsiz qoladi. Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, qisqartirishlar soliq deklaratsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlashga bog‘liq bo‘lmagan xodimlarga taalluqli, shu bois ularning ishdan ketishi IRS faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Telekanalning ta’kidlashicha, DOGE xodimi AQSh Soliq boshqarmasi shtab-kvartirasiga 13 fevral kuni tashrif buyurgan. Uning maqsadi IRS’ning texnik ta’minotini tekshirish, shuningdek, soliq xizmati tekshiruvlari qanday o‘tkazilayotganini bilish bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘gan hafta Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasining (NNSA) 400 nafargacha xodimi, jumladan, NNSA’da yadroviy qurollarni yaratish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. AP manbasiga ko‘ra, NNSA xodimlari 13 fevral kuni «kutilmaganda» ishdan bo‘shatilgan. Keyinroq Tramp administratsiyasi NNSA’ning yuzlab xodimlari ishdan bo‘shatilishini bekor qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

18:20 / 10.07.2025
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

16:48 / 10.07.2025