Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar saratonning rivojlanish xavfini belgilaydigan 380 ta gen variantini aniqladi
Tajriba doirasida saratonning eng keng tarqalgan 13 turidan birini tashxisi qo‘yilgan millionlab odamlardan genetik namunalar to‘plangan.

Foto: Shutterstock
Stenford universiteti olimlari saratonning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan 380 ta muhim genetik variantlarni aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Genetics jurnalida chop etildi.
Olimlarning tushuntirishicha, inson genomidagi DNK ketma-ketligida kuzatiladigan minglab kichik o‘zgarishlar onkologik kasalliklarga bog‘liq. Ammo ushbu o‘zgarishlarning qaysi biri saraton hujayralarining nazorat qilib bo‘lmaydigan o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘maklashishi ma’lum emasdi.
Bilimdagi bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun olimlar yagona nukleotid polimorfizmlari deb nomlanuvchi ushbu irsiy genetik o‘zgarishlarning birinchi keng ko‘lamli tahlilini o‘tkazdi. Tajriba doirasida saratonning eng keng tarqalgan 13 turidan birini tashxisi qo‘yilgan millionlab odamlardan genetik namunalar to‘plangan.
Tadqiqot davomida saraton hujayralarini ishga tushirib, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydigan 400 ga yaqin variant aniqlangan.
Olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqot rivojlanish jarayonida hujayralar bo‘linishi yoki qayta tiklanish davomida to‘planishi mumkin bo‘lgan mutatsiyalarga emas, balki homiladorlik paytida irsiy o‘tadigan DNK ketma-ketligiga qaratilgan. Ushbu genetik variantlar bazasidan kelajakda onkologik kasalliklar xavfini prognoz qilishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Germaniyada tadqiqotchilar ko‘krak bezi saratonini skrining qilishda sun’iy idrokdan foydalanish kasallikni aniqroq tashxislash imkoniyatini berishini aniqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda
O‘zbekiston | 12:28
-
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26
-
Rossiyaga yon berish yo‘q – YeI sanksiyalarning navbatdagi paketi ustida ishlaydi
Jahon | 12:18
-
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren fondi Isroil aktivlarini sotishni boshladi
Jahon | 12:11
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025