O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi
Buncha hajmdagi gaz metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlashiga yetadi. Yoki u bilan 266 mingta xonadonni qishki davrda bir oy ta’minlash mumkin.

Foto: Hududgazta’minot
O‘zbekistonda ikki yarim oyda 133 million 84,9 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.
«O‘zenergoinspeksiya»ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 1 dekabrdan joriy yil 15 fevralgacha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga oid 167 ta holat aniqlangan. Bu orqali 82 million 158,9 ming metr kub tabiiy gazdan asossiz foydalanilib, davlat manfaatlariga 210 milliard 428,2 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, «Hududgazta’minot» AJning bergan ma’lumotiga ko‘ra, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan mazkur davrda 6472 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha 50 million 890 ming metr kub tabiiy gaz uchun 117 milliard 300 million so‘m miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari, shu vaqt oralig‘ida 4942 dona maishiy gaz ballonida 77,8 tonna (36 ming kub metrga teng) hajmdagi suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olingan.
«Hisobot davrida noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 133 million 84,9 ming metr kub bo‘lib, bu miqdordagi tabiiy gaz 266 ming 170 ta xonadonning qishki davrdagi bir oylik me’yoriy bazasiga tengdir. Qolaversa, agar ushbu gaz resurslaridan oqilona foydalanilganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘lardi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

19:56 / 01.03.2025
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi

15:24 / 28.02.2025
O‘zbekiston yanvarda gaz eksportini 9 foizga oshirdi

14:55 / 19.02.2025