Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi
Xitoyda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur davom ettirildi.

Foto: UFA
S guruhida kutilganidek O‘zbekiston (6) va Eron (6) muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi.
«Oq bo‘rilar» Muhammadali O‘rinboyev, Abdug‘ofur Haydarov va Saidumar Saidnurullayevning gollari evaziga Indoneziya (0) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, forslar Yaman (0) darvozasini 6 bor ishg‘ol qilishdi.
3-turdagi O‘zbekiston — Eron bahsi guruh g‘olibini aniqlab beradi.
Osiyo Kubogi U-20. 2-tur. 16 fevral
S guruhi
Indoneziya — O‘zbekiston 1:3
Gollar: Raven (23) — Muhammadali O‘rinboyev (21), Abdug‘ofur Haydarov (47), Saidumar Saidnurullayev (63).
Indoneziya — Al Giffari, Buffon (Hidoyat, 57), Arel, Gvijange (Pahlavi, 90), Sheva, Florasta (Varman, 80), Firmansiyah, Pamungkas, Ama Ola (Rahmon, 88), Raven, Ragil (Abdulmanor, 57).
O‘zbekiston — Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To‘lqinbekov (G‘iyos Rizaqulov, 76), Behruz Jumatov, Dilshod Abdullayev, Saidxon Hamidov, Ravshan Xayrullayev, Saidumar Saidnurullayev, Asilbek Jumayev (Ollobergan Karimov, 86), Muhammadali O‘rinboyev (Rustam Fomin, 68), Daler Tuxsanov (Murod Komilov, 76), Abdug‘ofur Haydarov (Muhammadali Reimov, 86).
Ogohlantirish: Rizaqulov (90+3).
Yaman — Eron 0:6
Gollar: Zamoni (26, 34), Golizoda (42), Muqbil (45+2, avtogol), Gandipur (46), Abulfazl (72).