Farg‘onada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Farg‘ona viloyatida tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yozyovon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Q. Farg‘ona shahrida fuqaro M.X.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 277 dona “TAWON LIAR” nomli tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan dorini 1,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir davomida jami 321 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Mavzuga oid

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025