Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashishi ma’lum qilindi.

Foto: Prezident axborot xizmati
Qayd etilishicha, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.
Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.
Yoshlar agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi. Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.
Mavzuga oid

12:03 / 30.06.2025
«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

11:05 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi

19:50 / 28.06.2025
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

09:46 / 16.06.2025