Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 104 yoshli ayol tug‘ilgan kunini qamoqxonada nishonlashni istadi
Ayol umrida hech qachon bunday joylarda bo‘lmagani uchun qamoqxonaga tushishni orzu qilishini aytgan. Uning istagi amalga oshirildi.

Foto: Livingston County Sheriff's Office
AQShdagi qariyalar uyida yashovchi ayol o‘zining 104 yoshga to‘lgan kunini Nyu-York shtatidagi qamoqxonada nishonlashni xohladi. Ayolning bu istagini amalga oshirishda mahalliy sherif yordam berdi, deb yozmoqda Sky News.
Loretta ismli ayol umrida hech qachon bu kabi joylarda bo‘lmagani uchun qamoqxonaga tushishni orzu qilganini aytgan. Dastlab uning tug‘ilgan kuni qariyalar uyida nishonlandi, so‘ngra ayolni qamoqxonaga olib borishdi.
Jazoni ijro etish muassasasida Lorettaning barmoq izlari olindi, ekskursiya o‘tkazildi va bayram torti bilan mehmon qilindi. Tug‘ilgan kun sohibasi, shuningdek, kishanlarni ko‘zdan kechirib, sinab ko‘rdi, kameralarda, oshxonada, qo‘riqlash postlarida va dispetcherlik markazida bo‘ldi. Ayol bayramni politsiya xodimlari, jumladan xizmat iti bilan nishonladi.
“U qamoqxonamizda vaqtini ajoyib o‘tkazdi”, – deya ma’lum qildi sherif idorasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Avvalroq Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Tomiko Itooka vafot etgandi. U 116 yoshda edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
Mavzuga oid

14:08
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

07:36
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025