Iqtisodiyot | 08:52 / 13.02.2025
11400
4 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi avtomobil bozorida yanvarda pasayish davom etdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi tahlil qilindi.

Yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024 yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi.

Xususan:

  • Onix: kam foydalanilgan - 2,4 foizga (14 350 dollardan 14 ming dollarga), ko‘p foydalanilgan - 1,5 foizga (13 ming dollardan 12 800 dollarga); 
  • Lacetti: kam foydalanilgan - 0,7 foizga (15 ming dollardan 14 900 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,4 foizga (14 500 dollardan 14 300 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 1,7 foizga (13 327 dollardan 13 095 dollarga); 
  • Cobalt: kam foydalanilgan - 1,4 foizga (12 901 dollardan 12 725 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 2,4 foizga (12 300 dollardan 12 ming dollarga), ko‘p foydalanilgan - 1,7 foizga (11 700 dollardan 11 500 dollarga); 
  • Nexia: o‘rtacha foydalanilgan - 1,8 foizga (11 400 dollardan 11 200 dollarga); ko‘p foydalanilgan - (10 500 dollardan 10 465 dollarga);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan - 1 foizga (10 300 dollardan 10 200 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 1,1 foizga (9 300 dollardan 9 200 dollarga); 
  • Damas: kam foydalanilgan - 0,5 foizga (8 135 dollardan 8 098 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,4 foizga (8 ming dollardan 7 886 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 4,1 foizga (7 300 dollardan 7 ming dollarga) arzonlashgan.

Kam foydalanilgan Equinox va Malibu avtomobillarining o‘rtacha narxlarida oshish kuzatilgan bo‘lsa-da, o‘rtacha va ko‘p foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi.

Xususan:

  • Malibu: o‘rtacha foydalanilgan - 2,1 foizga (29 100 dollardan 28 500 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 1,6 foizga (25 ming dollardan 24 600 dollarga) arzonlagan bo‘lsa, kam foydalanilgan uchun o‘rtacha narx 1,2 foizga (29 650 dollardan 30 ming dollarga) oshdi;
  • Equinox: o‘rtacha foydalanilgan - 1,6 foizga (30 500 dollardan 30 ming dollarga) arzonlab, ko‘p foydalanilgani uchun o‘rtacha narx (26 500 dollar) o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, kam foydalanilgani 0,9 foizga (34 ming dollardan 34 308 dollarga) oshgan;
  • Tracker: kam foydalanilgan - 1,6 foizga (18 700 dollardan 18 403 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 2,3 foizga (17 700 dollardan 17 300 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 2,9 foizga (17 ming dollardan 16 500 dollarga) arzonlashgan. 

Mazkur davrda ko‘p foydalanilgan BYD E2: (15 250 dollar) va Yuan Up (20 ming dollar) elektromobillari narxi o‘zgarmagan bo‘lsa, boshqa elektromobillar o‘rtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:

  • BYD E2: yangi - 1,8 foizga (17 100 dollardan 16 800 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 2,9 foizga (15 970 dollardan 15 500 dollarga);
  • BYD Han: yangi - 0,9 foizga (32 500 dollardan 32 200 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 2,9 foizga (31 750 dollardan 31 250 dollarga);
  • BYD Song Plus DM-i Champion: yangi - 0,3 foizga (29 100 dollardan 29 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,1 foizga (27 200 dollardan 26 900 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 2,8 foizga (24 999 dollardan 24 300 dollarga);
  • BYD Song Plus EV Champion: yangi - 1,4 foizga (28 500 dollardan 28 090 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 3,6 foizga (26 600 dollardan 25 650 dollarga), ko‘p foydalanilgan - 2,9 foizga (24 050 dollardan 23 350 dollarga).

Xorijiy avtomobillar narxi:

  • Elantra: o‘rtacha foydalanilgan - 2,3 foizga (21 500 dollardan 21 ming dollarga); ko‘p foydalanilgan - 4,8 foizga (21 ming dollardan 19 995 dollarga);
  • Tucson: kam foydalanilgan - 1,5 foizga (33 500 dollardan 33 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 0,8 foizga (31 750 dollardan 31 500 dollarga); ko‘p foydalanilgan - 2 foizga (25 500 dollardan 25 ming dollarga);
  • Sportage: kam foydalanilgan - 1,4 foizga (29 ming dollardan 28 600 dollarga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,8 foizga (27 500 dollardan 27 ming dollarga); 
  • Seltos: ko‘p foydalanilgan - 2,1 foizga (23 500 dollardan 23 ming dollarga) arzonlagan.

Mavzuga oid