553 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
“Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati xizmati hamda mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Past Darg‘om tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi Ch.F.B MChJda hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib 553 million so‘m yoki 204 ming kVt.s elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilingan.
Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, 3-7 fevral kunlari Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 20 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 1 milliard 866 million so‘mdan ortiq elektr energiyasiga noqonuniy ulanish va talon-toroj qilish holatlarining oldi olindi.
Mavzuga oid

05:29
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025