2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi, stomatologiya xususiy sektorga beriladi.

Foto: SSV
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturiga muvofiq, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning samarali tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyati markaziy shifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yo‘lga qo‘yiladi.
Markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, shuningdek, davlat tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish — boshqa choralar qatorida.
Joriy yilda, shuningdek, viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur o‘rin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
Mavzuga oid

09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

15:23 / 07.05.2025