2024 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi yoshi bo‘yicha statistika ochiqlandi
Statistika agentligi 2024 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi yoshi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
2024 yil yanvar-dekabr oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 10,7 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 82,5 foizining otasi 25-39 yoshlarga hamda 6,8 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 39,3 foiz chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 59,5 foizining onasi 25-39 yoshlarga hamda 1,2 foiz chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.
2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar.
Mavzuga oid

19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin

01:17 / 27.11.2024
Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

15:32 / 22.11.2024
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi

10:53 / 16.11.2024