Toshkent shahrida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MChJ aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Toshkent shahrida joylashgan MChJlardan biri 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab foydalangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahri boshqarmasi, IIBB va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.Y.” MChJ mas’ul shaxslari korxona binosidagi elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib 2 mln kilovatt soat elektrdan o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

20:42 / 21.02.2025