Jamiyat | 17:00 / 09.02.2025
4246
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Japan Digital University Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muhim ko‘prik” – Yaponiya elchisi

Japan Digital University O‘zbekistonda ta’lim berib, o‘z bitiruvchilarini Yaponiyada ish bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan innovatsion ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet talabalari nafaqat yapon tilini mukammal o‘rganish, balki IT sohasida zaruriy bilimlar va ko‘nikmalarni ham egallashadi.

O‘qish jarayonida talabalar Yaponiyada ishlashga tayyor bo‘lish uchun IT sohasida chuqur bilimlar olishadi. Shu bilan birga, universitet 3 ta asosiy imkoniyatni taqdim etadi:

  • Yaponiyada ish bilan ta’minot
  • O‘quv jarayonida yapon kompaniyalari bilan real loyihalarda qatnashish
  • 3 ta diplomga ega bo‘lish imkoniyati: Japan Digital University diplomi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Kompyuter lingvistikasi" yo‘nalishi diplomi va Yaponiyadagi hamkor universitetlardan birining diplomi.

Bundan tashqari, o‘qish davomida o‘zlashtirishni yuqori darajada ko‘rsatayotgan talabalar Yaponiyada real amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Hatori Takashi o‘zbek talabalari uchun Yaponiyadagi imkoniyatlar haqida gapirdi:

“Bugungi festival Yaponiyada o‘qishni niyat qilganlar uchun ma’lumotlar almashinuvi vazifasini bajardi. Bu festival O‘zbekiston va Yaponiya aloqalarini rivojlantirish uchun juda ahamiyatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Mingga yaqin kishi tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganligi, bu darajada ko‘p odam qiziqish bildirganligi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

JDU nomli tashkil etilganiga 4 yildan oshgan universitet tomonidan qilib kelingan tizim sababli shunday natijaga erishildi. Juda yaxshi tadbir bo‘ldi. Tadbirda ko‘plab yoshlar yapon madaniyati va yapon milliy o‘yinlaridan bahramand bo‘lib yurganliklarini ko‘rdim. Elchi sifatida hammasidan ham ko‘ra ko‘plab o‘zbek yoshlarining Yaponiya va yapon tiliga bo‘lgan qiziqishi borligidan juda mamnunman. Hozir Yaponiyada asta-sekinlik bilan qariyalarning soni ortib , yoshlar kamayib ketmoqda. Buning natijasida, ishchi kuchiga talab oshib bormoqda. Bugun o‘qitilayotgan talabalar albatta Yaponiyaga o‘qishga yoki ishlashga borishlari mumkin. Yaponiyada turli xil imkoniyatlar bor. O‘zbekistonlik yoshlar Yaponiyaga kelib dunyoning boshqa hududlariga ham bora olishlari mumkin. Japan Digital University Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Kichik bolalar ham Yaponiya haqida ko‘proq o‘rganib bilimlarini oshirishlarini xohlardim. Buning uchun Yaponiya elchisi sifatida qo‘limdan kelgancha qo‘llab quvvatlayman”.

“Yaponiya raqamli universiteti 2019 yilda davlat rahbarining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida tashkil etilgan. 2024 yilda ilk bitiruvchilarimizni chiqardik. Bizni xursand qilgan tarafi o‘sha bitiruvchilarimizning barchasi Yaponiyaning IT-kompaniyalaridan ishlash taklifini olishdi. Ayni paytda viza ishlari ketyapti, ular tez orada xorijda ishlashni boshlashadi.

Bu universitet zamon talablari asosida faoliyat olib boradi. Ya’ni faqat o‘qitish emas, ishga joylashgacha bo‘lgan vazifani zimmasiga oladi. Yaponiyada rasman ishlash va yaxshi maosh olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu faqat oylik uchun emas – tajriba uchun ham muhim”,- deydi JDU rektori Ravshanbek Mamajonov.

Yaponiyada bandlikni ta’minlash bo‘limi rahbari Toshiyuki Kudo o‘zbek talabalarining til o‘rganish darajasi yuqori ekanligini ta’kidladi:

“Bizning universitet IT sohasi bo‘yicha ishlovchi talabalarga tahsil berib kemoqda. Hozirda ushbu Universitetimizda taxminan 600 dan ortiq talabalarimiz tahsil olishmoqda. Bizning Universitimizda 10 dan ortiq yaponiyalik va 50 ga yaqin o‘zbek xodimlari birgalikda ishlashmoqda. Yapon hamda o‘zbek xodimlari turmush tarzi, madaniyat va tarixi bir-biridan farq qilsa-da, yangicha ishlash uslubida birgalikda ishlab kelishmoqda. Yaponiya ta’limi anchagina batafsil o‘rganiladigan ta’lim tizimi uslubi hisoblanadi. Vaqtga rioya qilish, davomat, vazifalarni vaqtida topshirish, guruhdoshlar bilan vaqtga e’tibor qaratgan holda ta’limni birgalikda olib borish bu Yaponiya ta’lim tizimining eng katta o‘ziga xosligi hisoblanadi.

Bundan tashqari, ushbu ta’lim tizimining mazmuni shuki, yangicha fikrlash, yangicha o‘rganish uslubini taklif qilish yapon ta’lim tizimining urfga kirgan uslublaridan biri hisoblanadi.

Bizning universitetimizda ishlash o‘ziga xos faoliyat sifatida olib borilmoqda. Har yili talabalarimizdan 3 kishidan 6 kishigacha yarim yil davomida Yaponiya kompaniyalarida ishlash bilan birgalikda amaliyot o‘tash orqali tajriba oshirishyapti.

2024 yili sentabrda 5 kishi universitetni bitirdi. Shuningdek, 2025 yil mart oyida 2 nafar bitiruvchilarni chiqarishni rejalashtirganmiz. Bitiruvchilarimizning hammasi, ya’ni 7 nafari Yaponiya kompaniyalarida ish bilan ta’minlanishi aniq bo‘ldi. Ushbu ish bilan ta’minlangan talabalarimizning o‘ziga xosliklari shundaki, “Yapon tili bilimlari juda yuqori darajada” deb kompaniya xo‘jayinlari tomonidan e’tirof etilgan. Odatda, chet elliklar yapon kompaniyasida ishlashi uchun dastlab yapon tili mahoratlarini yanada oshirishlari uchun master klasslar tashkil qilinadi. Yapon kompaniyalari boshliqlari JDU talabalarini yapon tili darajasi juda zo‘r deb e’tirof etib , JDU talabalari uchun qo‘shimcha yapon tili darslari shart emas deyishmoqda. Bu bizning Universitetimizda yapon tili darslari ishonchli tarzda olib borilayotganidan dalolat beradi”, - deydi u.

Japan Digital University bilan O‘zbekistonda ta’lim olib, Yaponiyada karerangizni boshlash imkonini qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Tel: +998712000595

Sayt: www.jdu.uz

Instagram: jdu.uz

Telegram: jduniversity_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid