O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Husan Musaboyev vafot etdi
Komik rollari bilan muxlislar mehrini qozongan Husan Musaboyev 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U «Televizion miniatyuralar teatri»dagi rollari bilan tomoshabinlar orasida tanilgandi.

Foto: Madaniyat vazirligi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, komik rollari bilan muxlislar mehrini qozongan Husan Musaboyev 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Husan Musaboyev o‘zining komedik rollari, xususan, «Televizion miniatyuralar teatri»dagi rollari bilan tomoshabinlar orasida tanilgandi.
Shuningdek, u «Ajoyib xayolparast», «Bozor ko‘rmagan yigit», «Anora», «Hayot mamot», «Men bu men», «O‘g‘rigina kelin», «Er bermoq – jon bermoq», «Jiblajibon», «Aldamadim, hazillashdim», «Ana xolos!», «Super xizmatkor», «Yasha, xotin!» kabi ko‘plab filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.
Husan Musaboyev teatr va kino san’atini rivojlantirishda fidokorona xizmat qildi.
Kun.uz Husan Musaboyevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.