O‘zbekiston za’faroni Avstriyaga eksport qilinadi
BMB HOLDING kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiya 26-27 yanvar kunlari Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘ldi.

Foto: Dunyo
Tashrif doirasida delegatsiya avstriyalik hamkorlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda mamlakat mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Agrotec Handels kompaniyasi rahbari Boris Kandov bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish maqsadida yaqin vaqt ichida Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Avstriya iqtisodiy palatasining savdo masalalari bo‘yicha tegishli bo‘linmalari vakillariga BMB HOLDING faoliyati, tizimdagi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlar, eksport imkoniyatlari, mahsulotlarning sifat nuqtai nazardan xalqaro standartlarga muvofiqligi va boshqa shu kabi yo‘nalishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, xorij tomoni za’faron hamda quritilgan meva-sabzavotlarga katta qiziqish bildirib, Avstriyada ushbu mahsulotlarga talab yuqoriligini qayd etdi.
Tomonlar kelgusida ushbu mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

14:46
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025