Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Boku AZAL laynerini urib tushirgan "Pansir" raketasini aniqladi
Ozarboyjon hukumatida AZAL samolyotini urib tushirgan "Pansir-S" tizimidan Rossiya raketasining parchasi bor, dedi Reuters agentligiga Bokudagi rasmiy. Respublika Transport vazirligining bildirishicha, parchalar hali ham tekshirilmoqda.

Foto: Reuters
Ozarboyjon hukumati 25 dekabr kuni "Ozarboyjon havoyo‘llari" (AZAL) samolyotini urib tushirgan "Pansir-S" tizimidan Rossiya raketasining parchasini aniqladi. Bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Bokudagi yuqori martabali amaldorga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
«Ozarboyjon tomonida «Pansir-S» raketasining bo‘lagi bor, u samolyotdan olingan va xalqaro ekspertiza davomida aniqlangan», — dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan u.
Avvalroq Qozog‘iston Transport vazirligi samolyot halokati bo‘yicha 53 betlik hisobotni e’lon qilgan edi. Unda aytilishicha, samolyot fyuzelyajidagi «ko‘p sonli shikastlanishlar» «tashqi narsalarning kirib borishini» ko‘rsatadi. Hujjatda "Pansir-S" tizimi yoki biron bir raketa haqida gapirilmagan.
Ozarboyjon Transport vazirligi: Parchalar hali ham tekshirilmoqda
Ozarboyjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi Reuters agentligiga hisobotni izohlar ekan, samolyot parvozga to‘liq yaroqli, ammo «tashqi obektlar» ta’siridan shikastlanganini bildirdi.
«Fyuzelyajning shikastlangan joylarida samolyotga tegishli bo‘lmagan begona obektlar topildi va olindi; ularning fotosuratlari dastlabki hisobot matnida jamoatchilikka taqdim etildi. Topilgan begona narsalarni aniqlashtirish uchun kelajakda qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish rejalashtirilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Ozarboyjon Transport vazirligi mahalliy Axar portaliga bergan izohida.
Mavzuga oid

15:56 / 02.07.2025
Bokuda ushlangan rossiyaliklar to‘rt oyga hibsga olindi

14:03 / 02.07.2025
OAV: AZAL samolyotini urib tushirish buyrug‘ini Rossiya HHM kapitani bergan

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025