Moldova Yevropa Ittifoqidan 310 mln yevro oladi
Ushbu mablag‘larning 250 mln yevrosi Moldovaning o‘zini, qolgan 60 mln yevro esa Dnestrbo‘yini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Foto: Sputnik
Yevropa Ittifoqi va Moldova respublikani qo‘llab-quvvatlash uchun 310 million yevro ajratish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda YeIning kengayishi uchun mas’ul yevrokomissar Marta Kos ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 250 million yevro Moldovaning o‘zini, 60 million yevro esa Dnestrbo‘yini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
«Biz bugun kelishib olgan strategiya Moldovaning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashib, YeI energiya tizimiga integratsiyalashuviga yordam beradi», — deydi Kos Moldovaga uyushtirgan ishchi tashrifi yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim Yevropa Ittifoqining Moldova bilan birdamligini namoyish etadi.
Yevropalik amaldorning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Moldovani energetika sektori to‘liq mustaqil bo‘lib, YeI bozoriga integratsiya bo‘lmagunga qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Shuningdek, Kos «Rossiya energetik mustaqillikni shantajga aylantirishga urinayotganiga» YeIning ishonchi komil ekanini ta’kidlagan.
31 yanvar kuni Moldova hukumati va YeI respublikani beminnat 64 million yevroga moliyalashtirish shartnomasini imzolagan. Mablag‘lar Dnestrning har ikki qirg‘og‘idagi energetik inqirozni bartaraf etishga ajratilgan. Tomonlar ushbu mablag‘larning 30 million yevrosi Dnestrbo‘yiga yordam uchun, 34 million yevro esa mamlakat budjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishini kelishib olgan.
Rossiya 1 yanvardan Dnestrbo‘yi va Moldovaga gaz tranzitini to‘xtatdi. Shundan so‘ng, Dnestrbo‘yida keng ko‘lamli energetik inqiroz boshlandi. 15 yanvar kuni respublika rahbari yonilg‘i Rossiyadan «gumanitar yordam» doirasida olib kelinishi mumkinligini ma’lum qildi. Moldova prezidenti Mayya Sandu ushbu qarorni noqonuniy deb atadi. Natijada YeI va Moldova tan olinmagan mintaqani fevral oyida gaz bilan ta’minlash sxemasini kelishib oldi.
Mavzuga oid

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

15:08 / 01.06.2025