Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
O‘zbekiston elchixonasida Qatarda yashayotgan, nufuzli davlat va xususiy tashkilotlarda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi ishtirok etdi.
Muloqot davomida vatandoshlarning yashash, turmush sharoitlari, sog‘liqlari, ish va o‘qish joylari hamda muammolari o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekistondan Qatarga vaqtincha ishlash uchun kelayotgan yurtdoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish va haq-huquqlarini mustahkam himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Yurtdoshlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni tizimlashtirish hamda fuqarolarni birlashtirish maqsadida Doha shahrida Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
Mavzuga oid

11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi

13:53 / 16.08.2024
Oq uy: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar Dohada davom etmoqda

13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi

14:10 / 02.08.2024