Fitso "Gurjiston legioni"ni uni ag‘darishga urinishda aybladi
Robert Fitsoning ta’kidlashicha, "Gurjiston milliy legioni" qo‘mondoni Mamuka Mamulashvili uni chetlashtirishga qaratilgan norozilik namoyishlariga aloqador.

Foto: AFP
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan "Gurjiston milliy legioni"ni uni ag‘darishga urinishda aybladi. Bu haqda Fitso 31 yanvar, juma kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Vazirlar mahkamasi rahbarining fikricha, legion qo‘mondoni Mamuka (Ushangi) Mamulashvili uni lavozimidan chetlashtirishga qaratilgan norozilik namoyishlariga aloqador. Natijada Mamulashvili va yana to‘qqiz kishiga Slovakiyaga kirishga ruxsat berilmagan.
Matbuot anjumanida hukumat rahbari GML rahbarining Mier Ukrajine ("Mir Ukraine") guruhi uchun mitinglar uyushtirgan faol Lyutsiya Staselova bilan tushgan suratlarini ko‘rsatdi. Biroq, uyushma ta’kidlaganidek, bu fotosuratlar 2023 yilda Bratislavada bo‘lib o‘tgan ommaviy munozarada olingan. Shu munosabat bilan Mier Ukrajine namoyishlar va Gurjiston o‘rtasidagi aloqalar haqidagi bayonotlarni yolg‘on va manipulyatsiya deb atadi. Mamulashvili ham namoyishlarga aloqadorligini rad etdi.
Fitsoga ko‘ra, "Mir Ukraine" «Gurjiston legioni» uchun pul yig‘ib, shu tariqa «Ukraina aksilrazvedkasini moliyalashtirgan», deb yozadi «Yevropeyskaya pravda» nashri. Staselova, o‘z navbatida, "Mir Ukraine" «Ukraina uchun o‘q-dorilar» yig‘ishda ishtirok etganini aytdi. Chexiya hukumatining Kiyev uchun o‘q-dorilar xarid qilish tashabbusini Slovakiya ham qo‘llab-quvvatladi – bu maqsadda 4,7 million yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ildi.
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
29 yanvar kuni Ukrainaning Slovakiyadagi elchisi Miroslav Kastran Bratislavadagi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga norozilik notasi topshirildi. Bunga «Slovakiya Respublikasining ichki ishlariga aralashish» sifatida baholangan «Ukraina tomonining bayonotlari» sabab bo‘ldi, deb xabar beradi dpa agentligi.
Hujjat matnida Slovakiya TIV kimning va qaysi bayonotini nomaqbul deb topgani ko‘rsatilmagan. Bir kun avval Kiyevdagi Tashqi ishlar vazirligi o‘zining rasmiy veb-saytidagi bayonotida Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoni tanqid qilgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Fitso mamlakat suvereniteti evaziga «Moskvani tanlayotganini» aytgandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
Mavzuga oid

09:34 / 30.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi

16:50 / 25.04.2025