Davlat farmatsevtika mahsulotlari eksportini rag‘batlantiradi
Prezident farmoni bilan farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
- biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari industriyasini rivojlantirish;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;
- farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" tomonidan xorijiy valutada qayd etilgan referent narxlar quyidagi hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi:
- xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 3 foiz yuqori bo‘lsa - har yilning yanvar va iyul oylarida;
- xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 5 foiz yuqori bo‘lsa - muddatidan avval.
Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan farmatsevtika korxonalarining barqarorlik reytingi asosida quyidagilar nazarda tutiladi:
- mahalliy korxona – ishlab chiqaruvchilarning dori vositalaridan birini AQShning Food and Drug Administration (FDA) tashkilotida yoki Yevropa Ittifoqining European Medicines Agency (EMA) tashkilotida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi ro‘yxatdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng qoplash;
- mahalliy korxona – ishlab chiqaruvchilarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi ro‘yxatdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng qoplash.
Mavzuga oid

13:21
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda

11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi

15:12 / 15.05.2025