O‘zbekistonda 30 yanvar kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Harorat yanada pasayadi.

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 30 yanvar, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–2 daraja, kunduzi 0...+2 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –7...–12 daraja, kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi.
Bundan oldinroq, 29–31 yanvar kunlari sovuq havo massalari O‘zbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlashi, havo harorati kechasi 0...–5 darajagacha, shimoliy hududlarning ba’zi joylarida –8 darajagacha, kunduzi 0...+5 darajagacha pasayishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, asosan, qor shaklida yog‘ishi prognoz qilingandi.