AQSh sudi Trampning grantlarni muzlatish haqidagi farmonini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi
Vashingtondagi sudya Oq uyning federal grantlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyrug‘ini vaqtincha to‘sib qo‘ydi, chunki bu harakat «tuzatib bo‘lmaydigan zarar keltiradi».

Foto: Getty Images
28 yanvar, seshanba kuni Vashington sudi Tramp ma’muriyatining barcha federal grantlar va boshqa turdagi hukumat yordamlarini muzlatish haqidagi buyrug‘ini vaqtincha blokladi, deb xabar bermoqda CNN. Boshqaruv va budjet idorasining (OMB) buyrug‘i kuchga kirishidan biroz oldin, sudya Loren Alixon notijorat tashkilotlar, kichik biznes egalari va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari vakili bo‘lgan bir nechta advokatlik guruhlari tomonidan berilgan da’voni qondirib, farmonga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi.
Sudya o‘z qarorini Oq uy buyrug‘i «tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi xavfi» bilan asosladi. «Hukumat muzlatib qo‘yiladigan dasturlarning to‘liq hajmini tushunmaydi», dedi sudya.
Amerika matbuotiga ko‘ra, Trampning qarori, jumladan, universitet grantlari, kichik biznes uchun kreditlar, atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalari va gender xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlashga ta’sir qiladi. Oq uy barcha federal yordam dasturlari to‘xtatilishini ushbu dasturlar Tramp siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarga qanchalik mos kelishini tekshirish zarurligi bilan izohladi.
Keyingi sud majlisi 3 fevralga belgilangan. Shu paytgacha Tramp ma’muriyati AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan hukumat yordam dasturlari doirasidagi to‘lovlarni to‘xtata olmaydi, deya qaror qildi sudya.
Boshqa mamlakatlarga yordamlarni to‘xtatib turish
Davlat kotibi Marko Rubio 25 yanvar kuni amaldagi aksariyat xorijiy yordam grantlari bo‘yicha to‘lovlarni 90 kunga muzlatish va yangi grantlarni to‘xtatib turish to‘g‘risida farmon chiqardi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu mablag‘larni taqsimlash uning tashqi siyosatiga mos keladimi-yo‘qmi, shu masalani tekshirishni buyurgan edi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

11:20
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

10:20
Mers Tramp bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni muhokama qildi

08:37
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi

07:40