Yevropa Ittifoqi Moldovaga Dnestrbo‘yiga gaz yetkazib berish uchun 30 mln yevro ajratadi
Moldovaga taklif etilayotgan Yevropa Ittifoqi yordam paketi energiya inqirozini yengish uchun Dnestrbo‘yiga tabiiy gaz sotib olish va tashish uchun mablag‘ni o‘z ichiga oladi.

Foto: Global Look Press/MOLDPRES/XinHua
Yevropa Ittifoqi Moldovaga tan olinmagan Dnestrbo‘yi mintaqasidagi energetik inqirozni yengish uchun 30 million yevrolik favqulodda yordam paketini taklif qildi. «Biz Dnestrbo‘yi aholisini gaz bilan ta’minlab, ularning elektr va issiqlik ta’minotidan foydalanish imkoniyatini tiklaymiz», dedi 27 yanvar, dushanba kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya press-relizida aytilishicha, paketning bir qismi sifatida YeI «2025 yil 10 fevralgacha mintaqaning 350 mingdan ortiq aholisini elektr va issiqlik ta’minotini tiklashga yordam berish uchun Dnestrbo‘yiga tabiiy gaz sotib olish va tashishni moliyalashtirishga tayyor».
Bundan tashqari, YeI «yaqin haftalarda Moldovaga inqirozning o‘z fuqarolariga ijtimoiy ta’sirini yumshatish, shu bilan birga mamlakatda uzoq muddatli energiya barqarorligi va iqtisodiy o‘sish uchun asos yaratishga qaratilgan moliyaviy yordam paketini taqdim etish majburiyatini oladi».
Moldova Dnestrbo‘yiga 3 mln kub metr gazni qarzga beradi
Avvalroq Moldova bosh vaziri Dorin Rechean mamlakat hukumati tizimdagi bosimni ushlab turish uchun Dnestrbo‘yiga 3 million kub metr gazni qarzga berishini aytdi. Gap 1 fevraldan 10 fevralgacha bo‘lgan davrda rasmiylarning shoshilinch aralashuvi haqida bormoqda. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, xarajatlar Yevropa Ittifoqi yordami hisobidan qoplanadi.
Yil boshidan beri Dnestrbo‘yida istiqomat qiluvchilar qisman issiqlik, gaz va issiq suvsiz yashashga majbur bo‘lishdi. 2025 yilning 1 yanvariga qadar mintaqa Rossiyadan gazni Ukraina orqali o‘tuvchi quvur orqali olayotgan edi. Yil boshida Moskva va Kiyev o‘rtasidagi gaz tranziti bo‘yicha kelishuv muddati tugaganidan so‘ng, Rossiyaning «Gazprom» shirkati gaz o‘tkazishni to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

13:54
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi

15:24 / 04.07.2025
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

10:33 / 05.04.2025