Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
2025-2026 o‘quv yiligacha universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan:
▪️Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
▪️ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

15:26 / 29.04.2025