Jahon | 21:23 / 28.01.2025
6147
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya ​​aeroportida samolyot yonib ketdi

Yo‘lovchilar vaqtida evakuatsiya qilindi, hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

Foto: AFP

Janubiy Koreyaning ikkinchi yirik shahri Pusan ​​xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilishidan oldin yonib ketdi, deb xabar berdi Yonhap.

Yong‘in 28 yanvar kuni kechqurun Honkongga uchishi kerak bo‘lgan Air Busan samolyoti bortida sodir bo‘lgan. Yong‘in samolyotning dum qismidan boshlanib, keyin fyuzelajga o‘tgan.

Samolyot bortida 169 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bor edi, ularning barchasi tezda evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. Yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

2024 yil dekabr oyida Bangkokdan uchayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing samolyoti Janubiy Koreyaning Muan aeroportiga qo‘nayotganda halokatga uchradi. Layner bortida 181 kishi: 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokatda faqat ikki kishi tirik qoldi.

Mavzuga oid