Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U «Siti»da ham o‘rnini topa oladi» - Husanovning bolalikdagi murabbiyi bilan suhbat
Yaqinda «Manchester Siti» Abduqodir Husanovni «Lans»dan 40 million yevro evaziga sotib oldi. Bu o‘zbek futbolidagi eng katta voqealardan biriga aylandi. Kun.uz va Tribuna.uz muxbiri Husanovga yoshligida ustozlik qilgan murabbiylardan biri — Alisher Ibrohimov bilan suhbatlashdi.

Murabbiy o‘zi haqida
«Murabbiylik faoliyatimni 1999 yilda Qarshi shahridagi futbol maktabida boshladim. O‘zim «Nasaf» o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynadim. Jarohatlar tufayli 21 yoshda futboldan ketishimga to‘g‘ri keldi. Shundan keyin murabbiylik faoliyatimni boshladim. Qarshida 5 yil ishlab, Toshkentga keldim. «Bunyodkor»da 13 yil faoliyat olib bordim. 2022 yilda Yevropa mamlakatlariga ketdim. Hozir xususiy futbol maktablarining birida ishlayapman».
Bolalar futbolini tanlagani haqida
«Bolalar futboli qiziqroq. Ular bilan ishlashning zavqi boshqacha. O‘zimiz yetisha olmagan orzularga bolajonlar orqali erishishni niyat qilganman».
Husanovga ustozlik qilishi
«Bunyodkor»da 2002 yildagi bolalar bilan marhum Akmal Risqullayev ishlar edi. Abduqodir 2004 yilda tug‘ilgan bo‘lsada, o‘zidan 2 yosh kattalar bilan shug‘ullanardi. Men u paytda 2003 yildagi yoshlarga qarar edim.
2002 yildagi bolalar tez katta bo‘lib, ularga jismoniy yuklamalar ortganidan keyin Akmal Risqullayev Husanovni menga o‘tkazishni aytdi. Yo‘q demadim. Chunki uni bilardik va ko‘rib yurardik.
Abduqodir mening jamoamga o‘tganidan keyin 3-4 yil davomida o‘ynadi. Biz bolalarni 15-16 yoshgacha tayyorlab, so‘ng U-18, U-19, o‘rinbosarlar, birinchi va ikkinchi liga jamoalariga topshirib yuboramiz.
Abduqodir doim kulib yurardi. Maydonga chiqsa hech narsadan qo‘rqmasdi. Havodagi kurashda, maydonni ko‘rishda va hujumni boshlashda ham yaxshi edi».
Ko‘p xalqaro musobaqalarga chiqardik. Qozondagi turnirda finalda «Rubin» akademiyasini yutgandik. O‘shanda Abduqodir va yana 2-3 bolani olib qolishmoqchi bo‘lib, so‘rashgandi. Ammo bu amalga oshmagandi».
Husanovni «Bunyodkor»ning asosiy tarkibiga olishmagani haqida
«Ichida bo‘lmaganimizdan keyin biror narsa deb yolg‘on gapirib qo‘yishni xohlamayman. To‘g‘risi, bilmayman. Bolalar murabbiyi bo‘lganimiz uchun aralashmas edik. Biz o‘z guruhimizga javob berardik. Qolganini yuqoridagi malakali murabbiylar hal qilishardi».
Husanovning muvaffaqiyatlarida otasining roli
«Abduqodirning yutuqlarida dadasi Hikmat Hoshimovning o‘rni katta deb bilaman. Otasi ham o‘z vaqtida yaxshi futbol o‘ynagan. Husanov otasining maslahatlarini olib, katta futbolda shu darajaga chiqdi deb o‘ylayman».
Husanovning Gvardiola bilan ishlashi
«Gvardiola — jahondagi top murabbiylardan. Abduqodir uning qo‘l ostida bugungidan-da ko‘proq o‘sishiga ishonaman. Husanov yoshligidan raqobatdan qo‘rqmasdi. Buni katta futbolda ham namoyish etib ketib kelmoqda. «Siti»da ham o‘z o‘rnini topa oladi, deb o‘ylayman. Pep — tushunib bo‘lmas murabbiy. Abduqodirni har-xil nuqtada sinab ko‘rishi mumkin».
Shogirdlari haqida
«Shogirdlar ko‘p. 2003 yildagi bolalarning o‘zidan ko‘p yaxshi futbolchilar chiqdi: Umarali Rahmonaliyev «Rubin»da, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Mahmud Mahamadjonov «Paxtakor»da, Umid Sultonov «So‘g‘diyona»da o‘ynamoqda.
2003 yildagi bolalar oltin avlod bo‘lishdi. Ulardan ko‘pchiligi futbolchilik faoliyatini olib bormoqda. Maqsadimiz – Abduqodir, Umaraliga o‘xshagan yaxshi futbolchilar chiqaversin».
Hasan Yusupov suhbatlashdi
Operator — Ziyoddin Mamatjonov,
Montajchi — Abdulloh Sodiqaliyev
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

23:01 / 17.05.2025