Surxondaryo hokimining amaldorlarni mukofotlash haqidagi farmoyishi bekor qilindi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 mln so‘m ajratdi. Ammo hokimning bu haqdagi farmoyishi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng hujjat bekor qilinib, mablag‘lar «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturiga yo‘naltirilishi belgilandi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 mln so‘m mablag‘ ajratdi. Bu haqda 20 yanvar kuni viloyat hokimining farmoyishi qabul qilingan. Ammo hujjat e-qaror.gov.uz platformasida “shaxsga doir ma’lumot borligi” vaji bilan yashirib qo‘yilgan.
Daryo nashrining xabar berishicha, farmoyishda viloyat hokimi birinchi o‘rinbosarining 2025 yil 14 yanvardagi bildirishnomasi hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 14 yanvardagi xati inobatga olinib, viloyat budjetining 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘z faoliyatlarida erishayotgan muvaffaqiyatlari, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, sifatli va o‘z vaqtida bajarayotganliklari uchun mukofotlash belgilangan. Buning uchun jami 661 mln 250 ming so‘m ajratilgan.
Jumladan, viloyat hokimining 7 nafar o‘rinbosarini rag‘batlantirish uchun 201 mln 250 ming, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ini rag‘batlantirish uchun 28 mln 750 ming so‘m, shuningdek, Termiz shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish uchun esa 431 mln 250 ming so‘m ajratilgan.
Ulug‘bek Qosimovning mazkur farmoyishi jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng hokimlik axborot xizmati ushbu hujjat bekor qilinganini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025 yil 20 yanvardagi 12−8−0-F/25-sonli farmoyishi yuzasidan turli postlar e’lon qilindi. Mazkur farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilindi», deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, mablag‘lar «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturiga yo‘naltirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025