Belarus saylov arafasida internetga kirishni chekladi
Mamlakatda prezidentlik saylovi yakshanba kuniga belgilangan. Taxminan o‘ttiz yil davomida hokimiyatda bo‘lgan Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga saylanishi kutilmoqda.

Foto: belarus-news.by
Belarusda prezidentlik saylovi arafasida internetga kirish cheklandi. Hoster xosting-provayderning xabar berishicha, 25-27 yanvar kunlari Belarus saytlariga xorijdan kirish mamlakat prezidenti huzuridagi Operatsion-tahlil markazi qarori bilan bloklanadi. Bu axborot infratuzilmasi uchun muayyan tahdidlar bilan izohlanmoqda. Oqibatda Belarusdan tashqaridagi foydalanuvchilar ayrim saytlarga kira olmasligi va mamlakat ichida esa internet sekinlashishi mumkin.
O‘zgarishlar arzon virtual xosting xizmatlarida joylashtirilgan resurslarga ta’sir qildi. Odatda bu kichik kompaniyalar yoki tashkilotlarning veb-saytlari, lekin ba’zida murakkab server yechimlarini talab qilmaydigan yirik veb-saytlar ham bor.
Bundan tashqari, Belarusda Twitch, Steam, Reddit va Telegram kabi xorijiy platformalarga, shuningdek, VPN xizmatlariga kirishda muammolar yuzaga keldi. Vikipediyaga kirish bir yarim soat davomida o‘chirib qo‘yildi, biroq keyinroq tiklandi.
Mamlakatda prezidentlik saylovi 26 yanvar, yakshanba kuniga belgilangan. Taxminan o‘ttiz yil davomida hokimiyatda bo‘lgan Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga saylanishi kutilmoqda. Uning to‘rt nafar raqibidan ikki nafari allaqachon uning g‘alabasini tan olgan. Norozilik namoyishlari bilan kechgan 2020 yilgi saylov paytida butun mamlakat bo‘ylab internet cheklab qo‘yilgan edi. Keyinroq Lukashenko bunday qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qilganini va yangi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lsa, bu choralarni takrorlashga tayyorligini tan oldi.
Mavzuga oid

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

11:20 / 14.05.2025