Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun qator imtiyozlar bekor qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Neft-gaz tarmog‘i obektlarining valuta ehtiyojini to‘la qondirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ birlashmalari Ko‘kdumaloq va Mingbuloq konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish va ushbu konlarni o‘zlashtirish mobaynida hamda neftni qayta ishlash zavodi qurilishini nihoyasiga yetkazish muddatiga qadar mahsulotlarni eksport qilishdan undiriladigan soliq to‘lovlaridan ozod qilinishini belgilovchi norma bekor qilinmoqda.
Shuningdek, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temiryo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti to‘xtatilmoqda.
EIZda ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar chetdan olib kelinadigan uskunalar, shuningdek, EIZ faoliyatining butun davrida mahsulotlarni eksport qilish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishini hamda «Angren» EIZ va «Jizzax» EIZ ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida chetdan olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishini belgilovchi normalar bekor qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11 / 09.07.2025
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09 / 09.07.2025
Mavzuga oid

13:36 / 14.02.2025
Eksport bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati o‘zgartirildi

15:24 / 06.01.2025
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozlar nazarda tutilyapti

16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi

17:02 / 16.11.2024