Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
Ular yig‘ilish yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishidan norozi bo‘lgan. Shunday qilib Fitso hukumati hozircha hokimiyatda qoladigan bo‘ldi.

Foto: Reuters
Slovakiyada muxolifat mamlakat bosh vaziri Robert Fitsoga ishonchsizlik votumini e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan Milliy assambleya (mamlakat parlamenti) yig‘ilishidan chiqib ketdi, deb xabar beradi TA3. Ta’kidlanishicha, ular ushbu masalani yopiq eshiklar ortida muhokama qilishdan bosh tortgan.
Slovakiya Milliy assambleyasi yig‘ilishi 21 yanvar kuni ertalab boshlangan. Fitso unda Slovakiya axborot xizmati (SIS) tomonidan tayyorlangan maxfiy hisobotni taqdim etishi bois yig‘ilish yopiq rejimda o‘tishini belgilangan. Tashkilot matbuot kotibi Katerina Nemovaning aytishicha, SIS «maqsadi Slovakiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish bo‘lgan uyushgan harakatga oid jiddiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan». Muxolifat bunga norozilik bildirib, yig‘ilishning ikkinchi qismidan chiqib ketgan.
«Progressiv Slovakiya» partiyasi raisi Mixal Shimechkaning ma’lum qilishicha, hukmron koalitsiya ishonchsizlik bildirishi kerak bo‘lgan yig‘ilishni ataylab buzib, «o‘z muvaffaqiyatsizliklarini jamoatchilik muhokamasini yashirgan». «Aftidan, ular bu munozaradan qo‘rqqan, odamlar buni ko‘rishlarini istamagan», — deydi Shimechka.
Fitso hukumati hozircha hokimiyat tepasida qoladi. Ammo muxolifat vakillarining ta’kidlashicha, ular bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish masalasi bo‘yicha yangi yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fitsoning qayd etishicha, hukumat iste’fosi bo‘yicha yangi yig‘ilish muxolifat parlamentda ko‘pchilikni tashkil etsagina o‘tkaziladi. «Bugun muxolifat Milliy assambleyadan qochib ketdi va SIS’ning ular tomonidan maydon tayyorlayotgani bo‘yicha hisobotini o‘qiganimdan keyin o‘z taklifini qaytarib oldi», — deb yozadi u o‘zining Facebookʼdagi sahifasiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar muxolifat yo‘llar va hukumat binolarini blokada qilish, «qandaydir milliy ish tashlash namoyishi» uyushtirish orqali hukumat ishiga «sabotaj» qilmoqchi degan xulosaga kelgan.
2024 yil dekabr oyining oxirida Robert Fitso Moskvaga tashrif buyurgan va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Safar Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti to‘xtatilgani bilan bog‘liq bo‘lgan.
15 yanvar kuni Slovakiya muxolif partiyalari Fitso hukumatiga ishonchsizlik votumi bildirish uchun navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazish maqsadida parlamentga taklif kiritgan. Ularning ma’lum qilishicha, mamlakatda iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash bilan muammolar bor, ammo Fitso ushbu muammolarni hal etish o‘rniga, «diktatorlarga qulluq qilib va hashamatdan zavqlanib yuribdi». Milliy assambleyada muxolifat kuchlari 71 ta, hukmron koalitsiya esa 79 ta mandatga ega.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

18:02 / 23.06.2025
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi

11:57 / 19.06.2025
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:38 / 11.06.2025
“O‘zbekistonni dono va bilimli yetakchi boshqarmoqda” - Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso

16:56 / 09.06.2025