Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Muloqot davomida aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
"Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi", deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Toyvo Klaar O‘zbekiston o‘zining boy tarixini asrab-avaylashini e’tirof etib, bu doimo g‘urur va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

21:08
Muammo Yevropaning ichkarisida: ittifoq o‘z iqtisodiyotiga o‘zi to‘siqlar qo‘yib olgan

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

16:11
Yevropa Ittifoqi komissari Yozef Sikela O‘zbekistonga keladi

20:37 / 10.03.2025