Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi
U ikkita MChJda bosh hisobchi lavozimida ishlab, ushbu korxonalarning mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Toshkent viloyatida MChJlar mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga tashlab olgan bosh hisobchi aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro S.O. L.A. va Z.P. MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 milliard so‘m mablag‘ni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlangani, Buxoroda 321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

16:32 / 20.02.2025