Shifoxonada 2 oylik chaqaloq qo‘li kesildi. Voqeaga SSV munosabat bildirdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilgani va ota-onasining roziligi bilan bir qo‘li amputatsiya qilinganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Tarmoqlarda Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida 2 oylik chaqaloqning qo‘li kesilgani haqida fuqaro murojaati tarqaldi. Unda aytilishicha, ota farzandini isitmalagani uchun 7 dekabrda Yunusobod tumanidagi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasiga olib borgan. Murojaatchiga ko‘ra, shifokorlar chaqaloqni 8 kun muolaja qilishgan, 9-kuni reanimatsiyaga yotqizilgan. “Bolamning qo‘li gangrena bo‘lgan. Kesilgan qo‘lini beringlar, ekspertiza qildiraman desam berishmayapti, ketadigan kuningiz beramiz deyishyapti”, – deyilgan murojaatda.
Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Aniqlanishicha, 2024 yil 9 dekabr kuni soat 15:30 lar atrofida Shayxontohur tumanida yashovchi ota-ona 2024 yilda tug‘ilgan qizini Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasiga olib borgan. Chaqaloqda tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, xirillash, hansirash, bezovtalik va holsizlik kabi shikoyatlar bo‘lgan.
SSVga ko‘ra, bemor zudlik bilan navbatchi shifokor N.Sultanova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Dastlabki tekshiruv davomida unga “Shifoxonadan tashqari pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan. Chaqaloqning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deya baholanib, darhol muassasaning chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga gospitalizatsiya qilingan.
Shuningdek, bo‘limda gematolog, angioxirurg, bolalar jarrohi, neonatal-jarroh kabi tor soha mutaxassislari tomonidan qo‘shimcha va klinik tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bemorga “Asosiy: Sepsis. Septisemiya. Covid-19 etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya” asosiy tashxisi va “Tug‘ma yurak nuqsoni-bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bo‘lgan “Nafas yetishmovchiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 1-2-a darajasi” tashxisi qo‘yilgan.
“Muassasada davolanish vaqtida qizaloqda “Chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi. Chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” kuzatilgan. Shu bois bemor hayotini saqlab qolish maqsadida amputatsiya o‘tkazishga qaror qilingan va ota-onasining roziligi bilan unda jarrohlik aralashuvi amalga oshirilgan. Hozirda chaqaloqning ahvoli stabil holatda”, – deyilgan vazirlik munosabatida.
SSV vaziyat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum

09:45 / 02.04.2025