Raqobat qo‘mitasi Ucell'ni jarimaga tortdi
COSCOM kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlangan.
Raqobat qo‘mitasi COSCOM (Ucell) kompaniyasini jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, olib borilgan monitoringlarda COSCOM kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan COSCOM kompaniyasiga nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
“Qo‘mita maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

14:42 / 11.04.2025